"Borussiya Dortmund" kambek qilib, "Gamburg"ni mag'lub etdi
Bundesliganing 27-turida Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Gamburg" ustidan irodali g'alabaga erishdi — 3:2.
Dastlab mehmonlar ustunlik qildi. Birinchi bo‘limda Filip Otele hamda Alber Sambi-Lokonganing gollari "Gamburg"ga 2:0 hisobidagi ustunlikni taqdim etdi.
Ikkinchi bo‘limda esa dortmundliklar haqiqiy kambek namoyish qildi. 73-daqiqadan boshlab Rami Bensebayni ikki bor penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.
O‘yning hal qiluvchi golini esa Seru Girassi urdi va "Borussiya"ga muhim g'alabani taqdim etdi.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Borussiya D
- Ramy Bensebaini 73'
- Serhou Guirassy 78'
- Ramy Bensebaini 84'
Tugadi
3
:
2
21.03.2026 22:30
Hamburger SV
- Philip Otele 19'
- Albert Sambi Lokonga 38'
Fikrlar