"Borussiya" Dortmundda "Shtutgart"dan 5 ta gol o‘tkazib yubordi va sharmandali hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)
Germaniya Bundesligasining 11-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qildi.
“Signal Iduna Park” o‘yingohida kechgan o‘yin kutilmaganda maydon egalarining 1:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Mehmonlarning gollariga Silla Vamangituka (26', 53'), Filipp Ferster (60'), Tangi Kulibali (63') va Nikolas Gonsales (90') mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob golini Jovanni Reyna (39') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar