"Borussiya"ni goleador himoyachi tark etmoqda

"Borussiya" safida ijara asosida to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Hakimi klubni tark etadigan bo‘ldi. Bu haqida nemis klubi sport direktori Mixael Tsork Kicker nashri bilan intervyu chog‘ida aytib o‘tdi.

"Hakimining transfer summasi yana ko‘tarildi. Biz uni sotib ololmaymiz", - deydi Mixael Tsork.

Transfermarkt.de nashri ma’lumotiga ko‘ra, Hakimining narxiga yana besh million qo‘shilgan holda umumiy tovon puli 54 million evroni tashkil qilmoqda.

Joriy mavsumda marokashlik futbolchi "Borussiya" safida 44 o‘yinda to‘qqizta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!