Bosh murabbiydan norozi bo‘lgan Ronaldu o‘yinni erta tark etdi (foto)

  • 15.03.2025 06:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida “An-Nasr” o‘z maydonida “Al-Xolud” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 928-golini urdi. Biroq bu yangi rekord portugaliyalik yulduzga tatimadi.

Sababi “An-Nasr” bosh muabbiyi Stefano Pioli uchrashuvning 61-daqiqasida 40 yoshli yulduzni zaxiraga oldi. Tabiiyki, o‘yindan erta chiqish Ronalduga yoqmadi.

Krishtianu  maydonni tark etganidan keyin odatdagidek, zaxira o‘rindig‘iga bormadi, aksincha, kiyim alishtirish xonasiga yo‘l olib, shu tariqa Pioliga uning qaroridan noroziligini namoyish qildi.

Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 28 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
15/03/2025 08:49
бекорчи ёлгон макола чикараверасизлар-ми? бу ёшда хеч ким уни норози килмайди. уни узи хам арзимаган нарсага норози булмайди