Boxing Day davom etadi: "Everton" va "Xall" jangovar durang qayd etdi

  • 31 dekabr, 2016, 09:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya chempionatida Boxing Day — sovg‘alar kuni davom etadi. 19-turning ilk o‘yinida "Xall Siti" va "Everton" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. 

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. O‘yinning 6-daqiqasida Douson hisobni ochgan bo‘lsa, "Xall Siti" posboni 45-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va hisob tenglashishini ta’minladi. 

65-daqiqada "sherlar" etakchisi Snodgrass yana jamoasini oldinga boshladi, ammo Barkli 84-daqiqada hisobni yana tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin durang bilan tugadi.  

Xall – Everton 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 6 Douson, 1:1 – 45, avtogol Marshall, 2:1 – 65 Snodgrass, 2:2 – 84 Barkli.

Xall – Marshall, Maguayr, Douson, Devis, Al-Muxammadi, Snodgrass, Meyler (Klukas, 56), Livermor, Robertson, Diomande (Xaddlstoun, 85), Mbokani.

Everton – Robles, Koulmen, Jagelka, Uilyams, Beyns, Guye, Berri (Devis, 66), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 74), Barkli, Miralyas (Funes Mori, 87), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Jagelka (60), Al-Muxammadi (62), Devis (75), Maguayr (83).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!