BPL (Boburiylar Professional Ligasi) va MMA Series dan super yangilik!
Xabaringiz bor, yurtimizda MMA bo‘yicha professional janglarni tashkil etuvchi Boburiylar Professional Ligasi (BPL) tashkil etilib, ilk turniri muvaffaqiyatli o‘tkazgan edi.
25 dekabr kuni esa BPL o‘zining ikkinchi jang kechasini taqdim etishni rejalashtirgan. Undan avval BPL mutasaddisi O‘zbekiston MMA Assotsiatsiyasi bosh kotibi bilan birga Rossiyada bo‘lib o‘tgan MMA SERIES turnirida mehmon bo‘lishdi va ushbu liga bilan rasmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Demak, har ikki liganing qo‘shma turniri o‘zini uzoq kuttirmasa kerak!
Fikrlar