Braim Dias yozda sotilishi mumkin: "Arsenal" qiziqish bildirmoqda
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" marokashlik futbolchi uchun 40–45 million yevro miqdorida taklif tushsa, uni sotishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi allaqachon ehtimoliy transfer shartlarini aniqlash maqsadida so‘rov yuborgan. "Kanonirlar" qishki transfer oynasida ham Diasga da'vogarlar qatorida tilga olingan edi.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar