“Brayton” MYu sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi to‘g‘risida qaror qabul qildi
"Brayton" Karlos Baleba haqida so‘nggi qarorni qabul qilgan. Bu haqda "Thetimes" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, "chaykalar" 2027 yilgacha tushgan barcha takliflarni rad etishini ma’lum qilgan. Klub kelajakda Balebadan voz kechishga tayyor, lekin hozir emas. Karlosning xizmatlariga ayni vaqtda "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan edi.
Kamerunlik futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 60 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli xavbek joriy mavsum "Brayton" safida 19 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar