Braziliya: 14 kishiga qarshi o‘ynab yutqazdik

  • 10 sentabr, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti bosh murabbiyligidagi Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida Boliviya maydonidagi o‘yinda yutqazdi.

Tecno

Mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni birinchi bo‘limning oxirida Migel Terseros penaltidan kiritdi.

Braziliya futbol knfederatsiyasi prezidenti Samir Xaud o‘yinga mezbonlik qilgan Boliviya futbol federatsiyasini keskin tanqid qildi.

- Bu erda sodir bo‘lgan holat achinarli. Biz futbol o‘ynagani kelgandik, lekin o‘yin bog‘liq bilan bog‘liq hech narsani ko‘rganimiz yo‘q.

Dengiz sathidan 4000 metr balandlikda ham, hakamlar, politsiya va hatto to‘p uzatuvchi bolalarga bilan kurashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqiqiy fojea.

Bu biz jahon va Janubiy Amerika futbolidan kutayotgan narsa emas. Ayniqsa, senga qarshi 14 futbolchi o‘ynagandek bo‘lishi achinarli. KONMEBOL chora ko‘radi, deb umid qilaman. Bunday davom etishi mumkin emas, - dedi Samir Xaud.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!