
Braziliya futbol federatsiyasi raisi Anchelotti bilan uchrashadi
Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbari Ednaldo Rodriges hamon Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasini qabul qilishga umid qilmoqda. "UOL Esporte" nashri bu haqda xabar bermoqda.
Shanba kuni Braziliya terma jamoasi Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin Barselonada bo‘lib o‘tadi va Rodriges bundan foydalanib Anchelotti bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Xabaringiz bor, Karlo Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Italiyalik mutaxassis amaldagi mehnat shartnomasini bajarmoqchi, ammo Braziliya konfederatsiyasi rahbari baribir undi "pentakampeonlar" murabbiylik postiga kelishiga ishonmoqda.
Fikrlar