Braziliya terma jamoasi Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi
Braziliya milliy terma jamoas bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu "The Athletic" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, italyalik mutaxassis Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan allaqachon shartnoma shartlarini kelishib olgan. Faqatgina rasmiy masalalarni hal qilish qolmoqda.
Braziliya terma jamoasi tarixida birinchi marta xorijlik mutaxassis boshchiligida mundialga yo‘l olmoqda.
Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti shogirdlari Jahon chempionatida Marokash, Gaiti hamda Shotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar