Breaking! Messini jahon chempionatidan so‘ng Olimpiadaga ham jalb qilishyapti
"U kabi futbolchi uchun olimpiya termamiz eshigi doimo ochiq".
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi futbolchisi Lionel Messi bu yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin. Argentina U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi bu haqda gapirib o‘tdi.
"Barcha mening Leo bilan qanday munosabatda ekanimni yaxshi biladi. U kabi futbolchi uchun olimpiya termamiz eshigi doimo ochiq. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq, qarorni Messining o‘zi qabul qiladi va biz uni hurmat qilamiz", - dedi argentinalik sobiq futbolchi va hozirda Argentina termasiga bosh murabbiylik qilayotgan Maskerano.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Izohlar (0)