"Brentford"ga qarshi o‘yinda Husanovga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edimi?

  • 18.12.2025 03:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Liga kubogi doirasida "Manchester Siti" o‘z uyida "Brentford"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bahsda "shaharliklar" safida asosiy tarkibda maydonga tushgan Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida himoyachi raqibning juda xavfli hujumini qoida buzish orqali to‘xtatib qoldi va bu holat uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Bellashuv yakunlanganidan so‘ng mehmonlar  bosh murabbiyi ushbu epizodga izoh berdi.

 "Menimcha, bu epizodda hakamlar to‘g‘ri qaror chiqarishmadi. “To‘p darvozadan uzoqlashib ketgan” degan tushuntirish menga mantiqan to‘g‘ri kelmadi. Qayta ko‘rib chiqqach, hujumchi aniq darvoza bilan yakkama-yak chiqib ketayotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi", — dedi Keyt Endryus. 

Ma’lumot uchun, Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!