Brunu Fernandeshning kumiri kim?

  • 2 aprel, 2021, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh qaysi futbolchi uning kumiri ekani haqidagi savolga javob qaytardi.

Tecno

"Inesta. Futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham. U afsona!" – deya javob qaytardi portugaliyalik futbolchi.

36 yoshli Inesta faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da o‘tkazdi va kataloniyaliklar safida jami 32 ta sovrin yutdi. U 2018 yildan buyon Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Inesta Ispaniya terma jamoasida 3 ta yirik musobaqa - “Evro-2008”, “JCh-2010” va “Evro-2012”da g‘olib chiqqan. Faoliyati davomida ikki marta “Oltin to‘p”ga nomzodlarning kuchli uchligidan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!