Bu futbolchi 100 million funtga ham sotilmaydi. U bizni Chempionlar ligasiga olib chiqishi kerak!

  • 11 noyabr, 2021, 14:16
  • 0
  • Futbol

“Vest Xem Yunayted” rahbariyati Angliya premer-ligasi grandlari orasida talash bo‘layotgan Deklan Raysni sotmasligini ma’lum qildi.

Angliya terma jamoasi yulduziga ko‘p klublar, xususan, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Vest Xem Yunayted” xo‘jayinlari jamoani muntazam ravishda Chempionlar ligasida ishtirok etishini istayapti.  Va bunda Deklan Rays asosiy rolni o‘ynashi kerak bo‘ladi. Klub direktorlar kengashi a’zolari Deklan Rays uchun 100 million funt taklif qilingan taqdirda ham uni sotib yubormaslikka kelishib oldi.

Raysning o‘zi klub mutasaddilaridan o‘zini qo‘yib yuborishni bir necha marotaba so‘ragan. Lekin rahbariyat bunga javoban, futbolchining har qanday talabi bajarilishini aytib, uni transferini rad etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!