Bu futbolchi jahon chempionatiga taklif kutyapti
“Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Feliks Nmecha Germaniya milliy jamoasidan 2026 yildgi jahon chempionati uchun chaqiruv olishga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga koʻra, futbolchining ushbu mavsumdagi barqaror va ishonchli oʻyinlari murabbiylar shtabi e'tiborini tortgan.
“Borussiya Dortmund” safida Nmecha muhim futbolchilardan biriga aylandi. U markazdagi harakatlari, toʻp bilan ishlashi va jamoaviy oʻyindagi foydasi bilan yuqori baholanmoqda.
Germaniya milliy terma jamoasi esa jahon chempionati oldidan tarkibni shakllantirishda davom etmoqda va Nmecha asosiy variantlardan biri sifatida koʻrilmoqda.
Agar chaqiruv rasman tasdiqlansa, bu futbolchi uchun xalqaro faoliyatidagi muhim bosqichlardan biri boʻladi.

Fikrlar