Bu futbolchi Manchesterdan ketsin

  • 09.04.2026 12:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan transfer qilingan himoyachisi Leni Yoro beqaror oʻyinlari sabab tanqidlar markazida qolmoqda.

2024 yilning yozida ingliz klubi 20 yoshli futbolchi uchun 60 million evrodan ortiq mablagʻ toʻlab, uning transferi uchun kurashda raqobatchilarni ortda qoldirgan edi. Ammo futbolchi hozircha barqarorlik yetishmasligi sabab kutilgan natijani bermayapti.

Manchesterliklarning afsonaviy sobiq futbolchisi Pol Skoulz vaziyat boʻyicha oʻz fikrini bildirdi.

- Bu himoyachi uchun katta pul toʻlandi, ammo menimcha, unga Angliya futboliga moslashish qiyin boʻldi. Unda salohiyat bor, balki yana biroz vaqt kerakdir, lekin agar men hozir qaror qabul qilishim kerak boʻlsa, uni sotib yuborgan boʻlardim, - dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football dasturida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!