
Bu futbolchi qanchalar zo‘rligini o‘zi ham bilmaydi!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi o‘yinchisi Darvin Nunesning salohiyatiga juda yuqori baho bermoqda.
23 yoshli futbolchi Angliya premer-ligasiga kelganidan keyin dastlabki bir necha oyni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi. Nunes sekin asta eng murakkab chempionatga ko‘nikib bormoqda.
- Darvin Nunes qanchalar zo‘rligini hech kim bilmaydi, hattoki o‘zi ham. U yuqori sport formasini ushlab qolishga harakat qilishi lozim. Biz esa uni jamoaga singdirib yuborish ustida ishlayapmiz, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Nunes Urugvayning “Penyarol” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin “Almeriya” va “Benfika”da to‘p tepgan.
Yozda “Liverpul”ga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda 14 marotaba maydonga tushib, oltita gol va bitta assist qayd etdi.
Fikrlar