Bu hakam “Barsa”ning kushandasi
Ispaniya chempionatining 24-turida “Jirona” o‘z maydonida joriy mavsum peshqadami “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan o‘yin bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.
Bu mag‘lubiyatdan keyin kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” liga jadvalida birinchiga o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ekspertlar bu bahsdan keyin qiziqarli statistikani taqdim etdi. Unga ko‘ra, uchrashuvni boshqarган Sesar Soto Grado kataloniyaliklar uchun eng yomon hakam hisoblanar ekan.
Statistikaga ixtisoslashgan jurnalist Oriol Jovening ma’lum qilishicha, Sesar Soto Grado hakamlik faoliyati davomida “Barselona” ishtirokida jami 18 ta uchrashuvni boshqargan. Ana shu o‘yinlardan sakkiztasida kataloniyaliklar raqibga imkoniyatni boy bergan. Bu bahslarda hakamning qarorlari natijaga ta’sir qilgan vaziyatlar bo‘lgani ham aytilmoqda.
Foizlarga o‘girganda “Barselona” Grado ishlagan uchrashuvlarning deyarli teng yarmida, ya’ni 44 foizida yutqazib qo‘ygan. Bu boshqa hakamlarga solishtirganda yuqori ko‘rsatkich ekani oydinlashadi.
Bu borada keyingi o‘rinlarni De Burgos Nunyes (42 foiz) va Perez Burrull (38 foiz) egallab turibdi.
Fikrlar