
Bu hujumchi Chempionlar ligasida o‘ynaydi, “Manchester Yunayted”da emas!
Taniqli futbol agenti Jorje Mendesh o‘z mijozi Krishtianu Ronalduni yangi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Napoli” safiga joylamoqchi edi. Portugaliyalik futbolchiga joy ochish maqsadida Mendesh neapolliklarning asosiy hujumchisi Viktor Osimxenni boshqa jamoaga, xususan, “Manchester Yunayted”ga pullashga ko‘maklashayotgan edi.
Ishga Viktor Osimxenning agenti Roberto Kalenda aralashdi. U 23 yoshli nigeriyalik futbolchini Manchesterga bormasligini ta’kidladi.
- Hech qanday muzokara va rokirovkalar bo‘lmaydi. Viktor Osimxen “Napoli” futbolchisi va shu jamoa safida bosh murabbiy qo‘l ostida ham jamoadoshlari yordamida Chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsatmoqchi, - dedi Kalenda.
“Napoli” ikki yil muqaddam Osimxen uchun “Lill”ga 75 million evro to‘lagan. O‘shandan beri Viktor bu jamoada 64 ta o‘yinda 30 ta gol urdi va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar