Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bu hujumchilar kelsa, “Chelsi”ni engib bo‘lmaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zo‘r hujumchilar ro‘yxatiga kimlar kiritildi?

Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirishni to‘xtatgani yo‘q.

London klubi skautlari hozircha to‘rt nafar markaziy hujumchini kuzatib bormoqda. Ulardan har biri jamoaning sermahsulligini oshirishi mumkin.

“Chelsi” nishoniga tushgan to‘purarlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi.

Viktor Osimxen (“Napoli”; hozir “Galatasaroy”da ijarada).

Aleksander Isaak (“Nyukasl”).

Jonatan Devid (“Lill”).

Viktor Dyokeresh (“Sporting”).

Bu o‘yinchilar orasidan Aleksander Isaakni olish imkoniyati yuqori baholanmoqda. Chunki “qarg‘alar” shved hujumchisi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisholmadi. Bu holatda yozda o‘yinchi sotib yuboriladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q