"Bu jamoada o‘tkazgan 3 yilim uchun barchangizga katta rahmat" - Rustamov OKMK bilan xayrlashdi
Oybek Rustamov OKMK jamoasi bilan xayrlashdi.
"Bu jamoada o‘tkazgan 3 yilim uchun barchangizga katta rahmat. Jamoadoshlarim, murabbiylarim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi men uchun juda qadrli bo‘ldi. Sizlar doimo yuragimda qolasiz", - deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi Rustamov.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli yarim himoyachi Olmaliqda 3 mavsum o‘tkazdi. Umumiy 83 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar