
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Tayson Fyuri uchinchi, Lionel Messi beshinchi o‘rinda, Ronaldu esa...
Taniqli "Forbes" jurnali dunyoning eng ko‘p maosh (buning ichiga ish haqi, bonuslar, mukofot pullari ham qo‘shildi) oluvchi sportchilari reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘ldi.
TOP 10 quyidagicha ko‘rinishda:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 million dollar (sportda 225 million dollar + sportdan tashqarida 50 million dollar);
2. Stiven Karri (basketbol) – 156 (100+56) million dollar;
3. Tayson Fyuri (boks) – 146 (140+6) million dollar;
4. Dak Preskott (Amerika futboli) – 137 (127+10) million dollar;
5. Lionel Messi (futbol) – 135 (60+75) million dollar;
6. LeBron Jeyms (basketbol) – 133,8 (48,8+85) million dollar;
7. Xuan Soto (beysbol) – 114 (109+5) million dollar;
8. Karim Benzema (futbol) – 104 (100+4) million dollar;
9. Shoxey Oxtani (beysbol) – 102,5 (2,5+100) million dollar;
10. Kevin Dyurant (basketbol) – 101,4 (51,4+50) million dollar.
Fikrlar