Bu oʻyinchini Manchester va Madrid superklublariga qoldiramiz!

  • 25.03.2026 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida peshqadamqilik qilayotgan “Arsenal” klubi rahbariyati “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishga bo‘lgan qiziqishidan voz kechdi.

Bu haqida Chronicle Live nashri xabar berdi.

Qishki transfer oynasi oxirida “kanonirlar” og‘ir jarohat olgan Mikel Merino o‘rnini bosadigan futbolchi qidirayotgan paytda Tonaliga qiziqish bildirgan edi.

Ma’lum qilinishicha, “Arsenal”ga Tonalining “Nyukasl”dagi kelajagi noaniq ekani va u klubini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Biroq londonliklar muzokara boshlashga va rasmiy taklif berishga shoshilmayotgan edi.

Aytilishicha, “Arsenal” mutasaddilari yozgi transfer oynasi rejalari bo‘yicha bir nechta uchrashuvlar o‘tkazgan, ammo ular davomida Tonalining nomi tilga olinmagan.

Kelayotgan yozda “Arsenal” ham, “Nyukasl” ham moliyaviy feyr-pley qoidalari bosimi ostida bo‘ladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, “kanonirlar” futbolchi sotuvlaridan tushgan mablag‘ni hisobga olmaganda, faqat 40 million funt sarflashi mumkin.

Shu bilan birga, Tonaliga “Manchester Yunayted” va “Real” ham qiziqish bildirmoqda, ammo “Nyukasl” o‘zining asosiy futbolchisini saqlab qolishni istaydi.

Klub shuni ham yaxshi biladiki, A Seriya klublari uchun 25 yoshli italyalik futbolchi juda qimmat hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!