Bu Shohjahon Ergashevga yaxshi xabar!

  • 11 iyul, 2023, 20:00
  • 0
  • Boks

Professional boksning nufuzli yo‘nalishlaridan biri – Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) super engil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempioni Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangiga buyruq bergani haqida xabar tarqatgan edik.

18_ergashev_vs_fox_fightnight

Xalqaro tashkilot tomonidan mazkur jang 25 avgustga qadar tashkil etilishi kerakligi ta’kidlangan. Har ikkala bokschining vakillari muzokaralar jarayonida ekani xabar qilingan. Tomonlarga jangni tashkil qilish bo‘yicha kelishib olish uchun bir oy muhlat berilgan.

Engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev xalqaro tashkilot qarori bo‘yicha o‘tkaziladigan jangga munosabat bildirgan edi.

- Mening xarakterim nimanidir yarim yo‘lda tashlab ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Men har doim ishlarimni oxiriga etkazib qo‘yaman, - deb yozgandi Shohjahon Ergashev istagramdagi sahifasida.

Aslida amaldagi chempion Sabriel Matias 26 avgust kuni ushbu vaznda chempionlik kamariga 2017-2018 yillarda egalik qilgan qozog‘istonlik Sergey Lipinets bilan himoya jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq bu to‘qnashuv keyinga qoldirilgani e’lon qilindi.

Natijada bu vaznda reytingda uchinchi pog‘onani egallab turgan hamyurtimizda chempion bilan ringda uchrashish imkoni tug‘ildi.

Sobiq jahon chempioni Sergey Lipinets bu borada o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu Shohjahon Ergashev uchun yaxshi xabar. Men uni tarbriklayman. Titul jangiga yana bir qadam yaqinlashadi. Menimcha, bu Sabriel Matias uchun ixtiyoriy himoya jangi. Agar g‘alaba qozonsa, keyingisi majburiy himoya jangi bo‘ladi, - dedi Sergey Lipinets.

Endi IBF yo‘nalishining eng kuchli vakillari hisoblangan bu uch bokschisining rekordiga nazar tashlaymiz.

34 yoshli Sergey Lipinets professional ringda 20 ta jang o‘tkazib, 17 ta uchrashuvda raqiblari ustidan g‘alaba qozongan. Shulardan 13 tasida muddatidan oldin g‘olib chiqqan. Ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va bitta durang qayd etgan.

Shohbahon Ergashevning bo‘lajak raqibi Sabriel Matias o‘ta kuchli pancherlardan hisoblanadi. Puerto-rikolik charm qo‘lqop ustasi 20 ta jangdan 19 tasida zafar quchgan. G‘alabali janglarining barchasini muddatidan oldin yakunlagan. Matias 2020 yilning fevralida kutilmaganda rossiyalik Petros Ananyan qarshi o‘tkazilgan bahsda yutqazib qo‘ydi.

31 yoshli Matias faoliyati davomida Jeremias Ponse (30-0-0), Botirjon Jukembaev (18-0-0), Malik Xokins (18-0-0), Maksim Dadashev (13-0-0) kabi engilmas bokschilarni ham nokautga uchratgan.

photo_161786

Shohjahon Ergashev Lipinets va Matiasdan farqli ravishda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. 31 yoshli bokschimiz hozirga qadar 23 ta jangni o‘z foydasiga hal qilgan. Shulardan 20 tasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

Ergashev professional faoliyati davomida Mikal Foks (19-0-0) hamda Sonni Fredrikson (18-0-0) kabi amerikalik bokschilarni ilk bor ringni mag‘lub tarzda tark etishga majbur qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!