Bu futbolchi “Yuventus”ga emas, bizga mos keladi

  • 6 sentabr, 2022, 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga Turindan olib kelingan yarim himoyachi Artur Melo haqida iliq fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi “Yuventus”da asosiy figuralardan biriga aylana olmagan. Shuning uchun ham turinliklar uni Angliyaga ijaraga jo‘natib yubordi.

- Biz qo‘llayotgan o‘yin uslubi “Yuventus”nikidan keskin farq qiladi. Biz Arturni olganimizdan mamnunmiz.

Artur tempni oshira oladi, aniq pas beradi va cheklangan hududda to‘pni yaxshi nazorat qiladi. Bu juda muhim sifatlar va aynan bizga mos keladi.

Bu o‘yinchi “Yuventus”da o‘zini  to‘liq namoyon eta olmadi. Men unda yashirish salohiyatni ko‘rdim, - dedi Yurgen Klopp.

“Liverpul” Artur Meloni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijaraga olgani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!