
Bu tur muxlislar tashrifi bo‘yicha qarshiliklar buxoroliklarni ortda qoldirishdi
30-31 iyul kunlari Superligada 15-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yiniga jami 23689 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 3384ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Qashqadaryodagi “Nasaf” – “Metallurg” bellashuvida qayd etildi - 6142.
Eng kam ishqibozlar Toshkent viloyatida. AGMK – “Andijon” bahsini 1348 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.
"Lokomotiv" - "Dinamo" hamda "Bunyodkor" - "Surxon" kabi turning markaziy qarama-qarshiklarini 2 mingga ham etmagan ishqiboz tomosha qildi xolos.
Avvallari buxoroliklar qarshiliklarga qaraganda, stadionda ko‘pchilikni tashkil etishardi. Bu gal esa buning aksi. Umuman olganda, bu tur har qachongidan ham kam tomoshabin stadionlarga kelganini ko‘rdik. Avvalgi turda 35 mingdan ziyod insonlar o‘yingohga tashrif buyurishgandi.
Quyida 15-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
«Nasaf» - «Metallurg» 1:2. 6142 tomoshabin
«Buxoro» - «Navbahor» 0:0. 5820 tomoshabin
“Qizilqum” – “Paxtakor” 0:5. 4460 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 1:2. 2854 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:0. 1710 tomoshabin
«Bunyodkor» - «Surxon» 3:0. 1355 tomoshabin
AGMK- «Andijon» 2:2. 1348 tomoshabin
Fikrlar
Бошкалар у/н эса РЕКОРД.
Афсуски клубга жойлашиб олган айрим каламушлар уз манфатлари у/н бу топширикни бажаришга тускинлик килишмокда. Президент топшириги хеч бир замонда ерда колмаган албатта бу топширик хам сузсиз бажарилажак, вакти соати келиб текинтомок айбдор шахслар хар бир сум у/н жавоб бериши мукарардир.
Мухлисларга бой Навбахор албатта халоллик б/н ЧЕМПИОН булишига ишонамиз.
Сохтакорлик билан чемпион булгандан кура пролигада уйнаган яхши.