"Budyo Glimt"ga qarshi o'yin oldidan Husanovni maqtagan Gvardiola uni bugun maydonga tushiradimi?
YECHLning 7-turi doirasida "Manchester Siti" Norvegiyaga safar uyushtirib, mahalliy "Budyo Glimt" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning salohiyatiga yuqori baho berdi.
Shuningdek, bir qator nashrlar bugungi uchrashuv uchun "Siti"ning taxminiy tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra, Husanov ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
Squawka nashri talqiniga koʻra, "Manchester Siti":
Janluiji Donnarumma; Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Maks Alleyn, Neytan Ake; Rodri; Tijjani Reynders, Niko O'Rayli; Rayan Cherki, Erling Holand, Jeremi Doku.
Sports Mole nashri talqiniga koʻra, "Manchester Siti":
Donnarumma; Lyuis, Husanov, Alleyn, Ait-Nuri; Cherki, Reynders, O'Rayli, Mukasa, Doku; Holand.
Maʼlumot uchun, "Budyo Glimt" — "Manchester Siti" uchrashuvi soat 22:45'da start oladi.
Fikrlar