Buffon: "Italiya iyungacha vaziyatni baholaydi"
Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluiji Buffon Bosniya va Gertsegovinaga qarshi JCh–2026 pley-off finalidagi mag‘lubiyatdan (1:1, penaltilar — 1:4) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Italiya ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatiga chiqa olmadi.
Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravina uchrashuvdan so‘ng Jennaro Gattuzo va Buffondan jamoadа qolishni so‘raganini aytdi. Buffon esa hozirgi vaziyat juda nozik ekanini ta’kidladi.
"Bu juda nozik palla. Bizga vaziyatni xolis baholash uchun vaqt kerak. Mavsum iyunda yakunlanadi, shuning uchun o‘sha vaqtgacha qolish federatsiya, prezident va bizga ishonган barcha insonlarga nisbatan to‘g‘ri va adolatli qaror bo‘ladi.
Agar o‘yinimizda ijobiy o‘zgarishlar va o‘sish ko‘rinayotgan bo‘lsa, bundan juda xursandman. Bu ham maqsadlarimizdan biri edi. Ammo asosiy maqsad, albatta, Jahon chempionatiga chiqish edi.
U yerga chiqa olmaslik haqiqatan ham juda og‘riqli. Hozir aniq fikrlashni yo‘qotib qo‘yish xavfi bor, shuning uchun shu yerda to‘xtayman. Biz iyungacha shu yerdamiz, keyin esa keyingi qarorlarni ko‘ramiz", — dedi Janluiji Buffon.
Fikrlar