Bugun 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Raqiblardan biri qozog‘istonlik!

  • 01.07.2025 09:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog‘istonning Ostana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi.

Bugungi janglar ro‘yxatidan 3 nafar bokschimizning uchrashuvlari o‘rin olgan.

-54 kg: Feruza Kazakova - Anel Sakish (Qozog‘iston);

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Vu Shi-Yi (Xitoy Taypeyi);

-75 kg: Aziza Zokirova - Olivia Toborek (Polsha);

Bahslar ikki dasturda Toshkent vaqti bilan 14:00 va 19:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!