Bugun 3 nafar taekvondochimiz Rim Gran-prisidagi yurishini boshlaydi
Bugun Italiya poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turniri start oladi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Dasturga ko‘ra, dastlabki kun 3 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib borishadi. Kun davomida qatnashadigan yurtdoshlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-57 kg: Madina Mirabzalova – Gakhyon Kim (Koreya Respublikasi)
-80 kg: Jasur Jaysunov – Javad Agaev (Ozarbayjon)
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Juliya Novak (Polsha)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar