Bugun bizni Evro-2020da qaynoq o‘yinlar kutmoqda. Belgiya - Portugaliya uchrashuvini kimlar sharhlashini bilasizmi?
Evro-2020 nimchorak final bahslari ham start oldi. Italiya qo‘shimcha taymlarda Avstriyani taslim etdi - 2:1. Daniya esa Ueslga umuman imkoniyat qoldirmadi - 4:0.
Bugun kun doirasidan o‘rin olgan Niderlandiya - Chexiya va Belgiya - Portugaliya bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Ikkinchi uchrashuv 00:00ga belgilangan.
Ikki o‘yinni ham "Uzreport TV"da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Belgiya - Portugaliya o‘rtasidagi superto‘qnashuvni Davron Fayziev va Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.
Fikrlar