Bugun dzyudo bahslarida yana 8 ta vaznda g‘oliblar aniqlanadi!
Manama shahri mezbonlik qilayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarida dzyudo musobaqasi davom ettiriladi.
Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarida bugun dzyudo musobaqasi davom ettiriladi.
Bugun o‘g‘il bolalar -73, -81, -90, +90 kg, qizlar esa -57, -63, -70, +70 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi barcha ko‘rsatilgan vaznlarda medallar uchun tatamiga chiqadi.
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov — Xurigan Xurigan (Xitoy)
-81 kg: Samandar Sunnatov — Rashed Faras (Kuvayt)
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov — Mohammad Barfaraz (Eron)
+90 kg: Alibek Durdiev — Porjay Metasuvon (Tailand)
-57 kg: Gulsanam Hazratova — Lojain Eddin (Suriya)/Chatchadapon Suvannavichit (Tailand)
-63 kg: Maftuna Ahmedova — Azima Serik (Qozog‘iston)
-70 kg: Shohista To‘raeva — Fard Gorabi Mohana (Eron)
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova — Piyatida Songchay (Tailand)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)