
Bugun Evropaning eng kuchli klubi aniqlanadi
Bugun Vengriya poytaxti UEFA Superkubogi bahsiga mezbonlik qiladi.
Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Bavariya” Evropa ligasi g‘olibi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qiziqarli bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
UEFA Superkubogining amaldagi g‘olibi “Liverpul” hisoblanadi.
UEFA Superkubogi, Budapesht "Pushkash Arena"
"Bavariya" - "Sevilya" 00:00
Fikrlar