
Bugun qilichbozlarimiz Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashni boshlaydi. Ular orasida Paola ham bor
Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi start oladi. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa orqali sportchilarimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishlari mumkin.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari katta reyting ochkolariga ega bo‘lishadi. Sportchilarimiz orasida Yana Obvintseva hamda Zaynab Dayibekova eng yuqori reyting pog‘onasida turishibdi. Agar qilichbozlarimiz chorak finalga qadar etib bora olishsa, musobaqa yakuniga ko‘ra, Olimpiada reytingida to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oluvchi sportchilar qatoridan joy olishadi.
Bugun musobaqada erkaklar guruh bosqichidagi ishtirokini boshlashadi. Jahon kubogida jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:
Sherzod Mamutov
Pazil Genjebaev
Jaloliddin Dushamboev
Zaynab Dayibekova
Sevinch Ismoilova
Paola Pliego
Yana Obvintseva
Fikrlar