Bugun taekvondochilarimiz “Qatar Open” turniridagi ishtirok etadi
Javohir Malikov
Bugun Doha shahrida “Qatar Open” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Qatar Open” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, kun davomida quyidagi sportchilarimiz medallar uchun jang olib borishadi:
Erkaklar:
-68 kg: Omadbek Otabekov
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev
-74 kg: Najmiddin Qosimhog‘iyev
-87 kg: Yodgorbek Jo‘raboev
Ayollar:
-57 kg: Shabbona Abduvalieva
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Mohidil O‘ktamjonova
-62 kg: Diyora Azizova
+73 kg: Svetlana Saidova
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)