
Bugun tongda super jang bo‘lib o‘tadi, o‘tkazib yubormang!
Bugun, 29 noyabr kuni Kaliforniyada boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.
"UZREPORT" TV ushbu to‘qnashuvni O‘zbekistonda translyatsiya qiladi. Jonli efir Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqani takroran 29 va 30 noyabr kunlari soat 21:00da UZREPORT TVda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va 4 divizionning sobiq chempioni Roy Jons o‘zaro to‘qnash kelishidan tashqari yana 3 ta jang bo‘lib o‘tadi. Markaziy jang taxminan 9:00larga to‘g‘ri keladi. Ammo barchasi janglar qachon tugashiga bog‘liq.
G‘olib jahon boks kengashining (WBC) "Frontline Battle Belt", deb nomlangan maxsus kamariga ega bo‘ladi.
Fikrlar