
Bugungi O‘zbekiston - Gana uchrashuvini kim sharhlaydi?
Bugun o‘zbek futboli ixlosmandlari uchun katta bayram. Boisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Gana MTJga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00 da start oladigan bahsni kim sharhlaydi degan savol aksariyat muxlislarni qiziqtirgan bo‘lishi tabiiy. SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, tajribali sharhlovchi Murod Rizaev bosh jamoamiz ishtirokidagi o‘yinni bevosita stadiondan sharhlaydi.
Ushbu o‘yin atrofidagi barcha ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatishda davom eting.
Fikrlar