
Bunaqa futbolchi bizga kerakmas! Mbappe PSJ muxlislariga yoqmay qoldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Monpele”ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini parijlik fanatlarga umuman ma’qul kelmadi. Garchi poytaxt klubi kuchli raqibni 5:2 hisobida enggan bo‘lsa-da, muxlislar jamoaning asosiy hujumchisini keskin tanqid qila boshladi.
Hammasi o‘yinning 24-daqiqasidagi vaziyatdan boshlandi. Mbappe hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantira olmadi.
Bir necha holatlarda Kilian jamoadoshlarining harakatlariga ochiqcha e’tiroz qila boshladi. Keyinroq raqib darvozasi tomon yugurmay qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda Mbappe to‘p kiritganiga qaramay, golni nishonlashni istamadi.
Muxlislar 23 yoshli futbolchini jamoada ishtiyoqsiz o‘ynayotganlikda va kurashlarga kirishishdan ochiqchasiga bosh tortayotganlikda ayblamoqda.
Fikrlar