Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi. Saratonga uchragan futbolchi 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng yana APLda maydonga tushdi

  • 19.03.2023 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha Angliya Premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" hamda "Bornmut"  (3:0) uchrashuvi futbol olamiga quvonchli xabar olib keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Bornmut"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Devid Bruks 531 kun ichida ilk bor maydonga tushdi. “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi uchrashuvning 79-daqiqasida Adam Smit o‘rniga zaxiradan o‘ymnga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Bruks Er yuzida yashovchi har bir odam duch kelishi mumkin bo‘lgan xastalikka – saratonga chalingan.

Quvonarlisi, uelslik futbolchi o‘tgan yili bu kasallikni muvaffaqiyatli enggani haqida xabar paydo bo‘ldi. Keyinchalik "Bornmut" tuzalib ketgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!