Bundesliga. Gollarga boy kechgan o‘yinda "Bavariya" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
Bundesliga 21-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Leyptsig" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda myunxenliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Myunxenliklar safida Myuller va Levandovski gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Gvardiol o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. "Buqalar" tarkibida Silva va Nkunku o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
52 ochkoga ega "Bavariya" ayni vaqtda Bundesliga turnir jadvalida peshqalamlik qilmoqda. 31 ochkosi bor "Leyptsig" 7-o‘rinni band etgan.
Fikrlar