Bundesliga klubi “Real” afsonasini chaqirdi

  • 04.09.2025 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xagni ikkita uchrashuvdan keyin iste’foga chiqardi va ayni paytda jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan mutaxassis qidiryapti.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, leverkuzenliklar “Real” afsonasi Raul Gonsalesni bosh murabbiy qilmoqchi. Bu mutaxassis bir necha mavsum davomida “Real”ning yoshlar jamoasini boshqarib keldi.

O‘tgan yoz italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti “Real”ni tark etganidan keyin Raul birinchi jamoani boshqarishni mo‘ljallagan edi. biroq “Qirollik klubi” rahbariyati jamoani “Bayer” bilan katta natijalarni qo‘lga kiritgan Xabi Alonso nomzodini ma’qul ko‘rdi.

Endi “Bayer” Raul bilan hamkorlik qilishni rejalashtiryapti. Agar ispaniyalik murabbiy nemislar taklifini qabul qilmasa, unga zaxira varianti sifatida Bundesligada katta tajriba to‘plagan Edin Terzich va Marko Roze nomzodlari tanlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!