Bundesliga klubi yorqin yulduzini qo‘yib yuboradimi?

  • 05.03.2026 10:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Dortmundning “Borussiya” klubida Niko Shlotterbekning kelajagi bo‘yicha aniq qaror 2026 yil mart oyining o‘rtalariga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.

Klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasida yaqin kunlarda hal qiluvchi uchrashuv o‘tkaziladi. Shu suhbatdan keyin uning jamoada qolishi yoki yozgi transfer oynasida klubni tark etishi masalasiga oy dinlik kiritiladi.

Shlotterbekning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Dortmund klubi rahbariyati uni asosiy himoyachilardan biri sifatida ko‘radi va shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Klub yangi, yaxshilangan shartlar taklif qilishga tayyor.

Agar futbolchi shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmasa, klub uni bepul ketmasligi uchun 2026 yil yozida sotish variantini ko‘rib chiqadi.

Hozircha rasmiy qaror yo‘q. Yakuniy qaror mart oyining o‘rtalarida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!