Bundesligada 28 ta gol urgan hujumchi "Borussiya"ga o‘tmoqda

  • 27.06.2024 10:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Shtutgart" safini bir nechta etakchilar tark etishni boshladi. Jamoa to‘purari Seru Girassi faoliyatini "Borussiya"da davom ettirishi aniq bo‘lmoqda. 

Fabritsio Romano so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishib olishdi. Futbolchining tashrifi dormundliklarga 17,5 million evroga tushadi. Tez orada strayker tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Girassi ushbu mavsum "Shtutgart" safida barcha chempionatlarda 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!