Bundesliganing eng qimmat 10 nafar futbolchisi aniqlandi
Transfermarkt portali ekspertlari Germaniya Bundesligasi jamoalarida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi.
Chempionatning eng qimmatbaho o‘yinchilari asosan “Bavariya”da to‘p tepayotgan charm to‘p ustalari bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Dortmundning “Borussiya” klubi ham narxi baland futbolchilarga ega.
Quyida Germaniya chempionati yuqori ligasida faoliyat yuritayotgan eng qimmat o‘yinchilarning yangilangan reytingi bilan tanishishingiz mumkin:
Maykl Olise (“Bavariya”) — 130 million evro (o‘zgarishsiz);
Jamol Musiala (“Bavariya”) — 130 million evro (minus 10 mln);
Dayo Upamekano (“Bavariya”) — 70 million evro (plyus 10 mln);
Luis Dias (“Bavariya”) — 70 million evro (o‘zgarishsiz);
Harri Keyn (“Bavariya”) — 65 million evro (minus 10 mln);
Aleksandar Pavlovich (“Bavariya”) — 65 million evro (plyus 10 mln);
Karim Adeyemi (“Borussiya Dortmund”) — 60 million evro (o‘zgarishsiz);
Lennart Karl (“Bavariya”) — 60 million evro (plyus 40 mln);
Niko Shlotterbek (“Borussiya Dortmund”) — 55 million evro (plyus 15 mln);
Alfonso Devis (“Bavariya”) — 50 million evro (o‘zgarishsiz).
Asosiy o‘zgarishlar:
Reyting etakchilari: Maykl Olise va Jamol Musiala 130 million evrolik ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Eng katta o‘sish: “Bavariya”ning yosh iqtidori Lennart Karlda kuzatildi, uning narxi birdaniga 40 million evroga ko‘tarilib, 60 millionga etdi.
Pasayish: Tajribali yulduzlar Jamol Musiala va Harri Keynning bozor qiymati 10 million evroga arzonlashgan.
Fikrlar