Buni faqat Chagaev uddalagan, endi navbat Jalolovga!

  • 3 may, 2023, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Toshkent shahrida ilk marotaba tashkil etilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.  Beshta qit’adan kelgan charm qo‘lqop ustalari 1-14 may kunlari davomida 13 ta medallar komplekti uchun ringga chiqadi.

O‘zbekiston terma jamoasiga bugungi kunda o‘z vaznida tengsiz bo‘lgan bokschilar jalb etilgan.  Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan charm qo‘lqop ustalari orasida boks olamida nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan, dunyo tan olgan mashhur bokschilar qatorida katta sportga endi qadam qo‘yayotgan iste’dod egalari ham bor.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston boks maktabi dunyoda eng kuchlilardan biri sifatida e’tirof etiladi va Toshkentdagi jahon chempionatida ham natija yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Sport muxlislariga ixmat qilib kelayotgan sports.uz  portali jahon chempionati munosabati bilan e’tiboringizga o‘zbek boksiga oid qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

  • O‘zbekiston mustaqil jamoa sifatida 1993 yildan beri jahon chempionatlarida ishtirok etib kelmoqda. Finlyandiyadagi musobaqada Hikmatulla Ahmedov mamlakatimiz uchun ilk sovrin – kumush medalni taqdim etgan.
  • O‘zbek bokschilari jahon chempionatlarida jami 10 ta oltin, 15 ta kumush va 19 bronza, jami 44 medal bilan umumiy reytingda Kuba, Rossiya, AQSh, Sobiq ittifoq va Qozog‘istondan keyin oltinchi o‘rinda qayd etilgan.
  • O‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni Ruslan Chagaev hisoblanadi.
  • Ruslan Chagaev va Abbos Atoev ikki marotaba, Muhammadqodir Abdullaev, O‘tkirbek Haydarov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Bahodir Jalolov bir martadan jahon chempioni bo‘lgan.
  • Ruslan Chagaev ham havaskorlar boksida, ham professional o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan birinchi va yagona bokchimizdir.
  • Bahodir Jalolov Toshkentdagi jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, o‘ta og‘ir vazn toifasida ikkinma marotaba oltin medalni qo‘lga kiritadi. 
  • Bahodir Jalolov professional boksda ham chempionlik kamariga ega chiqsa, Ruslan Chagaevdan keyin ikki yo‘nalish chempioniga aylangan bokschi sifatida tarixda qoladi. 

1521

Endi Toshkentdagi jahon chempionatida qatnashadigan bokschilarimizga oid qiziqarli faktlar bilan bo‘lishamiz.

  • Toshkentdagi jahon chempionatida qatnashadigan ng yosh bokschimiz A’loxon Abdullaev shu yilning 26 iyul kuni 20 yoshgacha to‘ladi.
  • Bokschilarimiz orasida eng yoshi katta ishtirokchi Hasanboy Do‘smatov 24 iyun kuni 30 yoshni qarshi oladi.
  • Bo‘yi eng past bokschisi ham Hasanboy Do‘smatov – 1 ,59 metr.
  • Bo‘yi eng baland bokschimiz Bahodir Jalolov – 2,01 metr.
  • Hasanboy Do‘smatov eng ko‘p – beshinchi bor jahon chempionatida qatnashadi.
  • Bahodir Jalolov uchun bu to‘rtinchi chempionat.
  • Abdumalik Xalakov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev, Saidjamshid Ja’farov, Shohjahon Abdullaev, Lazizbek Mullojonov ikkinchi marotaba qatnashmoqda.
  • Shodiyorjon Meliqo‘ziev, Oybek Jo‘raev, Ruslan Abdullaev, A’loxon Abdullaev, Jasurbek Yo‘ldoshev jahon chempionatlarida ilk bor omadini sinab ko‘radi.

Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov va u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!

O‘zbekiston g‘alabaga chanqoq!

Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda!

"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!