
"Bunyodkor" - "Nasaf" bellashuvi JAR stadionida o‘tadigan bo‘ldi
Superliga 20- turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" o‘yiniga avvaldan belgilanganidek, "Bunyodkor" emas, JAR stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bellashuv 28 sentyabr kuni soat 17:00 da start oladi.
10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jaxon chempionati-2026 saralashi doirasida Eronni qabul qiladi. Ayni vaqtda maysa bilan bogg‘liq muammolar mutaxassislar tomonidan bartaraf qilingan. Shunday bo‘lsa-da, chim eng optimal holatga kelib olishi uchun FIFA kunlariga qadar rasmiy uchrashuv o‘tkazmaslikka qaror qilindi.
"Bunyodkor" - "Nasaf" bellashuvining chiptalari esa, 28 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab JAR stadioni kassalarida sotuvga chiqadi.
Fikrlar