"Bunyodkor", "Paxtakor" va OKMK kabi klublar sharafini himoya qilgan futbolchi "Dinamo" safiga o‘tdi

  • 09.12.2024 21:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirishda davom etayotgan "Dinamo" klubi yana bir transferni e’lon qildi. 

Samarqandliklar Sanjar Qodirqulov hamda Akbar Abdurasulov transfferidan so‘ng "Bunyodkor" a’zosi Mirjahon Mirahmadovni o‘z safiga qo‘shib olgani ma’lum bo‘ldi. 

Qayd etish lozim, u o‘tgan mavsumni (shuningdek, 2016-2022 yillarda ham) "Bunyodkor" safida o‘tkazib, 19 ta uchrashuvda 3 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylangan. Shuningdek, Mirjahon faoliyati davomida OKMK, "Paxtakor" va "Obod" kabi jamoalarda to‘p tepgan. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!