"Bunyodkor" murabbiyi: Bugungi durang biz uchun mag‘lubiyat kabi bo‘ldi

  • 18 may, 2021, 22:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvida 0:0 hisobida durang qayd etildi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Shuhrat Maqsudov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"fSo‘nggi 2-3 kun ichida futbolchilarning ruhiy holati bilan ishlashga to‘g‘ri keldi. Omad faktori futbolda juda katta rol o‘ynaydi. Bugun g‘alaba qozona olmaganimizga qaramay, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Hozir kiyim almashtirish xonasiga kirsam, ularning aksariyati tushkun kayfiyatga tushib qolgan.

Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonda harakat qilishga haqli. Shuning uchun, mashg‘ulotlarda kim yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shu futbolchini maydonga tushirmoqdaman.

Yil boshida biz moliyaviy qiyinchilikka duch kelgandik. Shu sababli, asosan akademiya vakillariga tayanishga majburmiz. Davralar oralig‘iga qadar yaxshi holatda etib olsak, 1-2 ta yaxshi transferga qo‘l urmoqchimiz.

"Navbahor"ni hurmat qilaman. "Bunyodkor" har qaysi raqibga qarshi hurmat bilan maydonga tushadi. Ularga to‘liq hurmat saqlagan holda aytishim mumkin, bugungi durang biz uchun mag‘lubiyat kabi bo‘ldi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!