
"Bunyodkor" nazorat o‘yinida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi
Bugun “Bunyodkor” klubi akademiyasining maydonida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Unda “Bunyodkor” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari dastlabki nazorat-sinov uchrashuvida ishtirok etdilar.
Ikkala jamoa murabbiylari ixtiyoridagi yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazishdi. O‘yin taqdirini esa yagona gol hil qildi. “Bunyodkor” yig‘inida ko‘rikdan o‘tayotgan Alfayzi Ne’matov 87-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi – 1:0. Baxtiyor Ashurmatov jamoasiga esa hisobni tenglashtirish uchun vaqt etmadi.
“BUNYoDKOR” – “QO‘QON-1912” – 1:0
15 yanvar. Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev.
“Bunyodkor”: Suhrobjon Sultonov, Farhod Mirahmatov, Davronjon Ergashev, Jahongir O‘rozov, Farhod O‘tkirov, Odiljon Abdurahmonov, Suhrob Izzatov, Bilol Tupliev, Zafar Tursunov, Husayn Ergashboev, Usmonali Ismonaliev.
Zahiradan tushganlar: Zafar Safoev (Sarvar Karimov), Mahmud Mahamadjonov, Xurshid Ubaydullaev, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Sirojiddin Bashriddinov, Jahongir Abdusalomov (Ikrom Erkinov), Muzaffar Olimjonov, Umidbek Sultonov (Aziz Pirmuhammadov), Alfayzi Ne’matov.
“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullaev, Sardor Etovqo‘ziev, Abdulloh Mirkomilov, Aleksandr Merzlyakov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Quvondiq Ro‘ziev, Dilshod Rahmatullaev, San’at Shixov, Sardor Azimov, Anvar Hojimirzaev, Mo‘min Meliev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ilhom Vahobov, Abror Mirkomilov, Kamron Najafaliev, Sobit Sandarov, Doston Oripov, Muhsin Normatov, Magomed Mameshov, Ayubxon Isoqov, Amirjon Safarov.
Fikrlar